Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Oqqoʻrgʻonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar oʻtkazildi

19.11.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomiga rioya etish va faoliyatda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, bankning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Oqqoʻrgʻon BXO xodimlari uchun prokuratura organlari vakillari ishtirokida navbatdagi oʻquv-seminar oʻtkazildi.

A man in a suit stands before a large screen displaying "Windows 10," addressing a group of people seated around a table in a room with beige walls and wooden trim.Tadbirda prokuratura vakillari tomonidan sohada amal qilayotgan korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalari, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish mexanizmlari, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va xolislik prinsiplariga rioya etish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

A group of people in white shirts and dark suits sit in chairs facing a man in a dark suit at a long wooden table with papers and documents.Seminar davomida xodimlarga:

·korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va kamaytirish usullari;

·xizmat vakolatlaridan foydalanishda shaxsiy masʼuliyatni oshirish;

·huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari;

·ichki nazorat va komplayens talablariga rioya etish kabi masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

A teacher stands at the front of a classroom, addressing students seated in rows, with a large screen displaying a blue image and text on the left wall and a blue banner with images and text on the right wall.Muloqot tarzida oʻtgan seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, shuningdek, bank faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.

Ushbu tadbir “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda shaffoflik, halollik va xizmat madaniyatini yanada mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha institutsional yondashuvni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.