Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Ohangaronda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi

25.05.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Bobojonov ishtirokida Toshkent viloyati Ohangaron shahrida tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Maqsad – hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni kuchaytirish, ularning murojaatlarini tezkor hal etish hamda yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

Uchrashuvda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun bank tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlari va moliyaviy imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Sayyor qabul davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Tadbirda 25 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi. Xususan, 6 nafar tadbirkorning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. Yana 5 ta murojaat nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Shuningdek, qabul davomida korrupsiyaga oid murojaatlar qayd etilmadi.

Yakunda murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy talablarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda bank xizmatlari samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli rahbar va mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.