Ochiq muloqot: muammolar yechimi va bandlikni taʼminlash omili
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda aholi bandligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Baxromxoʻja Sharipov va Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida tadbirkorlari ishtirokida sayyor uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar — hududlarni kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarning rasmiy bandligini taʼminlashda jahon tajribasini tatbiq etish, zamonaviy IT texnologiyalari va sunʼiy intellektdan (AI) keng foydalanish hamda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish istiqbollariga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Ochiq muloqotda ishtirok etdi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻtarilgan ayrim masalalar shu yernign oʻzida ijobiy yechim topdi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha masʼullarga aniq koʻrsatmalar berildi.
Barcha yangiliklar
Baliqchi tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot
“Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.