Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Navoiyda yoshlar bilan ochiq muloqot

23.04.2026
2 min

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Yoshlar kuni doirasida Biznesni rivojlantirish banki rahbariyati va talabalar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Risk bosh direktori tomonidan risk boshqaruvi, zamonaviy bank tizimi va yoshlar uchun zarur koʻnikmalar haqida amaliy taqdimot oʻtkazildi. Talabalarga xalqaro tajriba va real biznes misollari orqali qaror qabul qilish, tashabbus koʻrsatish va oʻz ustida ishlashning ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, Bank rahbariyati yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud imkoniyatlar, jumladan startaplarni moliyalashtirish, mahallalarda biznes boshlash uchun yaratilgan sharoitlar va bank mahsulotlari haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv interaktiv savol-javob tarzida oʻtdi va talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar alohida qayd yetildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni iqtisodiy jarayonlarga faol jalb yetishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.