Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Navoiy hududiy boshqarmasida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda soʻnggi yillarda bank-moliya tizimidagi rivojlanishlar natijasida yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dadaxon Muhammadiyev va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Boboqand Mirzo jamiyatda til va maʼnaviyat hamda mutolaaning inson kamolotidagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Uchrashuv yakunida ijodkorlar tadbir qatnashchilariga oʻzlarining badiiy kitoblarini tuhfa etishdi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.