Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

E'lon

Murojaatingizni bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboring

15.05.2026
3 min

Hurmatli mijozlar! “Biznesni rivojlantirish banki” ATB xizmatlari bo‘yicha savolingiz, taklifingiz, arizangiz yoki shikoyatingiz bo‘lsa, bankning rasmiy aloqa kanallari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Bankka bevosita murojaat qilish masalani tezroq o‘rganish, aniqlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga yordam beradi.

Murojaat yuborish kanallari

Mijozlar murojaatlarni Aloqa markazining 1254 qisqa raqami, rasmiy veb-saytdagi “Murojaat yuboring” bo‘limi, BRB mobil ilovasi, internet-banking tizimi, bankning rasmiy elektron pochtasi, hududiy bank ofislari hamda bankning tasdiqlangan ijtimoiy tarmoqlari orqali yuborishlari mumkin.

Virtual qabulxona orqali jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq qabul qilinadi.

Virtual qabulxona bo‘yicha aloqa raqami: 78-150-10-01

Murojaat turlari va ko‘rib chiqish muddati

Bankka yuboriladigan murojaatlar ariza, shikoyat yoki taklif shaklida bo‘lishi mumkin.

Ariza yoki shikoyat bankka kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha o‘rganish yoki hujjatlar talab etilganda, muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Takliflar esa bankka kelib tushgan kundan boshlab 1 oy ichida ko‘rib chiqiladi.

Murojaatda masala mazmuni aniq va tushunarli bayon etilishi muhim. Haqoratli so‘zlar yoki yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan murojaatlar qabul qilinmaydi.

Muammo yuzaga kelganda, avvalo bankning rasmiy kanallari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Bu masalani tezroq o‘rganish va hal etishga yordam beradi.

Murojaat yuboring


Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.