Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Moodyʻs Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini “Ba3” darajasiga oshirdi

30.06.2026
3 min

Moodyʻs Ratings xalqaro reyting agentligi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning uzoq muddatli depozit reytinglarini “B1” darajasidan “Ba3” darajasiga oshirdi hamda reyting istiqbolini “Ijobiy”dan “Barqaror” darajaga oʻzgartirdi.

Mazkur qaror Moodyʻs Ratings tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytinglari yaxshilanishi, mamlakatdagi operatsion muhitning mustahkamlanishi hamda institutsional va siyosiy islohotlarning davom ettirilishi bilan bogʻliq holda qabul qilindi.

Reyting agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston bank sektori uchun operatsion muhit yaxshilanib bormoqda. Bu bank nazorati va tartibga solish tizimining rivojlanishi, iqtisodiy oʻsishning barqaror surʼatlari hamda mamlakatning moliyaviy barqarorligi bilan izohlanadi.

Moodyʻs Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB reytingi oshirilishini bankning toʻlov qobiliyati va likvidlik koʻrsatkichlarini yanada mustahkamlash imkoniyatlari bilan asoslagan.

Agentlik baholashiga koʻra, bankning kredit portfeli sifati soʻnggi yillarda sezilarli yaxshilangan hamda muammoli kreditlar ulushi keskin kamaygan. Bu korporativ kredit portfelini tozalash va avvalgi yillardagi muammoli aktivlar boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasidir.

Shuningdek, bank 2025 yil yakuni boʻyicha 531 mlrd soʻm miqdorida sof foyda qayd etgan, bu 2024 yildagi salbiy koʻrsatkichlarga nisbatan sezilarli ijobiy natijani ifodalaydi.

Moodyʻs Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanishi ehtimolini yuqori deb baholagan. Bunga bankning 100 foiz davlat ulushida ekanligi va kichik hamda oʻrta biznesni rivojlantirish sohasida davlatning muhim moliyaviy instituti sifatidagi strategik roli asos boʻlgan.

Reyting koʻrsatkichlarining yaxshilanishi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini yanada kengaytirish, tashqi moliya bozorlariga integratsiyalashuvini kuchaytirish hamda mamlakat tadbirkorlari uchun sifatli moliyaviy xizmatlar imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.