Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

“Mening tomorqam” platformasining taqdimot marosimi o‘tkazildi

08.04.2026
7 min

“Biznesni rivojlantirish banki” АTB hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi hamkorligida “Mening tomorqam” platformasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, Markaziy bank va tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Biznesni rivojlantirish banki” АTB Boshqaruvi rahbariyati, “UzAgrostar Xolding” kompaniyasi, “BRB TECH” MChJ, Toshkent Davlat agrar universiteti hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda bilan bank-moliya tizimida samarali islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida moliyaviy texnologiyalarni (FinTech) rivojlantirish, “raqamli bank” xizmatlarini ko‘paytirish va bank tizimini to‘liq raqamlashtirish kabi muhim vazifalar ko‘zda tutilgan. Shundan kelib chiqqan holda, Biznesni rivojlantirish banki ham mijozlarga taklif etilayotgan raqamli bank xizmatlari soni va sifatini oshirishga muntazam ravishda eʼtibor qaratib kelmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-57-son Qarorida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilgan holda tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer egalariga onlayn maslahat va maʼlumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda maxsulotlarni sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasini ishga tushirish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Platformaga integratsiya qilinishi ko‘zda tutilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari bo‘yicha tegishli hujjatlar imzolandi.

“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali tegishli ma’lumotlar yuzasidan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Taqdimotda platforma haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, platformada foydalanuvchilar uchun quyidagi modullar ishlab chiqilgan:

- Marketpleys – mahsulotlarni sotish va xarid qilish imkoniyati, keng katalog, qidiruv hamda filtrlar funksiyalari;

- Eskrou va biling tizimi – foydalanuvchilarga shaxsiy hamyon ochish va platforma orqali to‘lovlarni kafolatlangan usulda amalga oshirish;

- Logistika xizmati – xarid qilingan mahsulotni “eshikdan-eshikkacha” yetkazib berish uchun onlayn ariza topshirish va logistika kalkulyatori;

- Arizalar bo‘limi – kredit va “UzAgrostar Xolding” xizmatlariga murojaat qilish;

- E’lonlar – xizmatlar, mahsulotlar, ish o‘rinlari va rezyumelarni joylashtirish imkoniyati;

- Ta’lim bo‘limi – onlayn kurslar, agro-kutubxona, maqolalar, vebinar va seminarlar.

Bundan tashqari, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari kesimida ma’lumotlarni kiritish va yuritish moduli ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, ixtisoslashgan kompaniyalar uchun shaxsiy kabinetlar yaratildi. Ushbu elektron platformalar orqali quyidagi ma’lumotlar tizimlashtirilgan holda yuritiladi:

- tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- yer maydonlari va mavjud issiqxonalar hajmi;

- ekin turlari va hosildorlik ko‘rsatkichlari;

- sotuv va eksport hajmlari hamda ularning dinamikasi;

- ixtisoslashgan ekin turlari bo‘yicha yetakchi xonadonlar va dehqon xo‘jaliklari soni;

- aholi tomorqalari va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlarida mahsulotlar yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvi chuqurlashtiriladigan mahallalar toʻgʻrisida ma’lumotlar;

- ixtisoslashgan korxonalar va loyiha ofislari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

tashabbuskorlar - kooperatsiya asosida birlashadigan lider tadbirkorlar.

Platforma mobil ilovasida urug‘, o‘g‘it, suv va maydon hajmini hisoblash imkonini beradigan maxsus hisoblash kalkulyatori funksiyasi ham joriy etildi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar biling tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish, mobil ilova orqali biriktirilgan bank kartalarini qo‘shish, virtual karta ochish va bank kartasiga buyurtma berish imkoniyatiga ega. Shuningdek, hisob raqamini E-POS tizimi orqali to‘ldirish va undan mablag‘larni yechib olish funksiyalari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Alohida ta’kidlandiki, platforma “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan 3 ta bosqichli ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olindi.

Taqdimot davomida moderatorlar tomonidan mazkur loyihalardan foydalanish yo‘llari, istiqbolda ko‘zda tutilayotgan yangiliklar hususida ham atroflicha maʼlumot berildi.

Tadbir doirasida “Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Agrostar konsalting” va 21 ta ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda tayyorlangan milliy brend ostidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. 

Loyihalar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.