Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha?
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilangan (PF-91-son 02.06.2025 yil):
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so‘m;
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so‘m;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 so‘mdan) 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.