Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Mehnat qonunchiligiga oid o‘quv-trening tashkil etildi

13.02.2026
2 min

Mehnat bozoridagi tizimli o‘zgarishlar, iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat muhitining kuchayishi hamda inson resurslarini boshqarishga bo‘lgan talabning ortib borishi HR menejerlar va yuridik xodimlardan chuqur kasbiy bilim, amaliy tajriba va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishni taqozo etmoqda.

Xususan, mehnat munosabatlarini amaldagi mehnat qonunchiligi asosida to‘g‘ri rasmiylashtirish va yuritish, huquqiy xavf-xatarlarni minimallashtirish bugungi kunda HR va yuridik xizmatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Shu bilan birga, mehnat qonunchiligi talablarini, jamoa shartnomalari hamda ichki mehnat tartibi qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash, bank tizimida jadal olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish hamda jamoa va xodimlar o‘rtasida ijobiy mehnat muhitini shakllantirish HR va yuristlar zimmasidagi asosiy vazifalardandir.

Mazkur maqsadlardan kelib chiqib, Bosh bank Inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti va Yuridik departamenti xodimlari, shuningdek bankning hududiy boshqarmalari HR xodimlari hamda Yuridik bo‘lim boshliqlarining malakasini oshirish maqsadida 2026-yil 13–14-fevral kunlari Bank O‘quv markazida (Sergeli BXM binosi) 2 kunlik o‘quv-trening tashkil etildi.

O‘quv-trening “Mehnat kodeksi asosida kadrlar xizmati faoliyatida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish, mehnatga oid hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda mehnat nizolarini hal etish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.