Maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”
Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish bilan birga, ularning moliyaviy bilimlarini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Global Money Week” xalqaro ta’lim kampaniyasi doirasida Samarqand shahridagi 24 va 55-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Banks xodimlarining ish jarayoni, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va bankomatlar tizimi qanday ishlashini ko‘zdan kechirishdi.
Bank mutaxassislari tomonidan yoshlar uchun qiziqarli taqdimotlar o‘tkazilib, moliyaviy xavfsizlik qoidalari ham batafsil tushuntirildi.
Uchrshuv jonli muloqot tarzida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bank ekspertlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar olishdi. Tadbir yakunida o‘quvchilarga Bankning maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.