Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Mahallalarda bandlik va yuqori daromadli ish oʻrinlari

23.06.2026
3 min

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 16-dekabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Biznesni rivojlantirish banki hamda Migratsiya agentligi oʻrtasida Fargʻona va Andijon viloyatlarida xalqaro standartlarga mos kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv markazlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish yuzasidan Hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumi imzolangan. Ushbu tashabbus aholi bandligini taʼminlash va ularni daromadli mehnat bilan band qilish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Xalqaro standartlar va yuqori maoshli ish oʻrinlari

Imzolangan memorandum doirasida ikkita yirik hududda ixtisoslashgan oʻquv markazlari tashkil etildi:

  • Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida — payvandlash sohasiga ixtisoslashgan oʻquv markazi;

  • Andijon viloyati, Andijon tumanida — yuk koʻtarish mashinalari haydovchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv markazi.

Markazlarda oʻquvchilarni xalqaro ISO 9606 sertifikatlash standartlari asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. Eng muhimi, ushbu xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgan bitiruvchilarning xorijdagi yuqori maosh taklif qiluvchi yetakchi korxonalarga ishga joylashishiga amaliy koʻmaklashilmoqda.

Zamonaviy taʼlim tizimi va imkoniyatlar

Yangi tashkil etilgan oʻquv markazlarining asosiy afzalliklari va ish tartibi quyidagicha belgilangan:

  • Amaliyotga yoʻnaltirilganlik: Taʼlim jarayonlarining 30 foizi nazariy, 70 foizi esa amaliy tarzda tashkil etilgan boʻlib, bu xalqaro darajadagi malakali mutaxassislar tayyorlash imkonini beradi.

  • Malakani baholash: Markazda payvandlash sohasida allaqachon tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarning kasbiy malakasini xalqaro darajada baholash tizimi ham yoʻlga qoʻyildi.

  • Muddat va sigʻim: Oliy darajadagi oʻquv kurslarining muddati 3-6 oyni tashkil etadi. Mazkur markazlar tomonidan yiliga 800 nafargacha oʻquvchiga zamonaviy kasb-hunar oʻrgatish imkoniyati yaratildi.

Biznesni rivojlantirish banki aholini tadbirkorlikka va daromadli mehnatga yoʻnaltirish, ularning bandligini taʼminlash borasidagi mana shunday istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Bank Axborot xizmati

 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.