Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

Mahalla bankirlari va yordamchi agentlar uchun navbatdagi Teambuilding

12.09.2025
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimdagi mahalla bankirlari va agentlarining ishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish, jamoada ishlash koʻnikmalarini oshirish maqsadida respublikamizning barcha viloyatlarida teambuildinglar oʻtkazib kelmoqda.

Ana shundan tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 12-sentabr kuni Andijon viloyatida tashkil etildi. Unda hududda faoliyat yuritayotgan 13 nafar mahalla bankiri va 47 nafar yordamchi agentlari ishtirok etdi.

Tadbir jamoaviy ruhni mustahkamlash, xodimlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, shuningdek, aniq maqsad sari intilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Teambuilding dasturi davomida ishtirokchilar jamoaviy oʻyinlarda faol qatnashib, birgalikda muammolarni hal qilish, qarorlar qabul qilish va maqsadlarga erishish orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada boyitdilar.

Interaktiv mashgʻulotlar ishtirokchilarga bir-birlarini yanada yaxshiroq tushunishga, oʻzaro ishonchni mustahkamlashga va samarali muloqot oʻrnatishga yordam berdi.

“Biznesni rivojlantirish banki” xodimlarining jamoaviy ruhi va oʻzaro munosabatlariga katta ahamiyat beradi. Teambuilding – bu ushbu maqsadga erishishning eng samarali usullaridan biri. Bu kabi tadbirlar xodimlarning ish samaradorligini oshirishga va mijozlarga yanada sifatli xizmat koʻrsatishga zamin yaratadi.

Ma'lumot uchun, bugungi kungacha Andijon viloyatida bankka biriktirilgan 47 ta mahallada 1 441 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada 1463 ta fuqaroga 33 mlrd soʻm kredit ajratildi. 3000 ming nafar fuqaroning ish bilan bandligi taʼminlandi.

“Biznesni rivojlantirish banki” kelgusida ham xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va jamoaviy muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda davom etadi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.