Barqaror boshqaruv tuzilmasini yaratishga qaratilgan mavzusida seminar
Bank o‘quv markazida “Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish — barqaror boshqaruv tuzilmasini yaratish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Loyihalar va o‘zgarishlarni boshqarish” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, bankda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Seminar-treningda Bosh bank, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududiy boshqarmalarining o‘zgarishlar agentlari ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarga bankda amalga oshirilayotgan islohotlar, transformatsiya jarayonlari hamda 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan strategiya mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilmoqda.
Loyiha doirasida malakali xodimlardan iborat “O‘zgarishlar ambassadorlari” jamoasi shakllantirildi.
Ushbu jamoa strategik maqsadlar, o‘zgarishlar va yangilanishlarni xodimlarga yetkazish, tushuntirish hamda hududlarda faol targ‘ib qilish vazifasini bajaradi.
Hududlarda ochiq muloqot, tajriba almashish va samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish ustuvor yo‘nalish etib belgilangan.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar:
— loyihalarni samarali boshqarish usullari,
— o‘zgarishlarni boshqarish tamoyillari,
— barqaror va zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Ushbu tashabbus bankimizda zamonaviy boshqaruv modelini joriy etish, transformatsiya jarayonlarini tizimli va samarali amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.