Kuchli liderlik va jamoaviy boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan o‘quv trening
Bank tizimida transformatsiya jarayonlarida liderlik va jamoaviy boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan o‘quv treningi tashkil etildi.
Bank tizimida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish, tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va maqsadli hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom jamoaviy muhitni shakllantirish maqsadida Bank O‘quv Markazida muhim o‘quv trening mashg‘uloti tashkil etildi.
“Liderlik va jamoani shakllantirish” mavzusida o‘tkazilgan mazkur treningda bank Markaziy idorasi xodimlari, hududiy boshqarma rahbarlari hamda bank xizmatlari ofislari va markazlari (BXM) boshqaruvchilari faol ishtirok etdi.
Trening davomida zamonaviy liderlik yondashuvlari, samarali jamoa boshqaruvi, yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda strategik g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar jamoada ishlash samaradorligini oshirish, motivatsiyani kuchaytirish va o‘zgarishlar jarayonida yetakchilik rolini mustahkamlashga oid muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Mazkur o‘quv trening bank tizimida inson kapitalini rivojlantirish, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini oshirish hamda transformatsiya jarayonlarini izchil va samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Milliy matbuot markazida brifing o‘tkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.