Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

KPMG bilan hamkorlikda strategik sessiya o‘tkazildi

11.08.2025
3 min

Joriy yilning 9-avgust kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan bankning top-menejmenti va masʼul xodimlari uchun “ESG risklarini, o‘zgarishlarni boshqarish va barqaror moliyalashtirishda Bankning ustunliklari” mavzusida maxsus strategik trening o‘tkazildi. Tadbir KPMG xalqaro konsalting kompaniyasining yetakchi ekspertlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Sessiyaning asosiy maqsadi - bank faoliyatiga zamonaviy ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etish, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kompleks boshqarish, shuningdek, masʼuliyatli moliyalashtirish vositalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va yondashuvlarni mustahkamlashdan iborat.

Seminar davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning milliy iqlim kun tartibini hisobga olgan holda bankning strategik rolini muhokama qildi.

KPMG ekspertlari iqlimiy xatarlarni boshqarish, bank portfelining uglerod izini baholash va tegishli stress-testlarni o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or xalqaro metodologiyalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, barqaror biznes-modelning moliyaviy afzalliklari, jumladan, “yashil” moliyalashtirish manbalarini jalb qilish imkoniyatlari va bankning raqobatbardoshligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda bank Boshqaruvi aʼzolari, departament rahbarlari va yo‘nalishlar bo‘yicha masʼul xodimlarning ishtirok etgani, ESG tamoyillarini bankning barcha biznes jarayonlariga integratsiya qilish strategik ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ushbu strategik sessiya “Biznesni rivojlantirish banki”ning O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarida yetakchi moliyaviy institut sifatidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamidir. Bank kelajakda ham o‘z faoliyatida ekologik va ijtimoiy masʼuliyatni kuchaytirish borasidagi ishlarini izchil davom ettiradi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.