Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hududiy bo‘linmalari (BXO, BXM) xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzularida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Tadbir davomida Komplaens nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi keng yoritildi.
Ishtirokchilarga bunday holatlarni oldindan aniqlash, ularni bartaraf etish va yuzaga kelgan vaziyatlar bo‘yicha tezkor xabar berish tartiblari tushuntirildi.
Asosiy maqsad – xodimlarda korrupsiyaga nisbatan qat’iy murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash va bank faoliyatida shaffoflikni ta’minlashdir.
Biznesni rivojlantirish banki jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xalqaro standartlarga mos keladigan ichki nazorat tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va barcha xodimlardan qonun ustuvorligi hamda axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilishni talab etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.