Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish: ochiqlik va zamonaviy yondashuvlar

26.02.2026
6 min

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Ushbu yo‘nalishda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ham shaffoflikni ta’minlash, aholiga qulay va ochiq bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, bankning Toshkent shahar hududiy boshqarmasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar yanada faollashtirilib, ochiqlik, hisobdorlik va xizmatlar sifati ustuvor tamoyil sifatida belgilangan.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Toshkent shahar hududiy boshqarmasida mijozlarga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida kredit va omonat mablag‘larini rasmiylashtirish jarayonida FACE ID tizimi joriy etilib mijozlarning shaxsini biometrik identifikatsiya asosida aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. FACE ID tizimining afzalliklari quyidagilardan iborat:

mijozni tezkor va aniq identifikatsiya qilish;

ortiqcha hujjatbozlik va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish;

inson omili ta’sirini qisqartirish orqali korrupsion xavflarni oldini olish;

xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada tejash.

Mazkur innovatsion yondashuv bank xizmatlarining shaffofligi va ishonchliligini yanada mustahkamladi.

Bank tizimida korrupsiyaga qarshi muhitni mustahkamlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari jalb etilgan holda o‘quv seminarlar tashkil etildi. Seminarlar davomida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish choralari, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tadbirlar xodimlarning mas’uliyatini oshirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish va ochiq faoliyat yuritish tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bank mijozlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish holatini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma tashkil etildi. So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilib, unda bank xizmatlarining shaffofligi, xodimlar muomalasi hamda korrupsion holatlarga duch kelish ehtimoli bo‘yicha fikrlar yig‘ildi. So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, mijozlarning aksariyati bank xizmatlaridan mamnun ekanini bildirgan, korrupsion holatlarga duch kelish darajasi past ekanligi qayd etilgan, ayrim taklif va mulohazalar asosida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar inobatga olingan. Mazkur so‘rovnoma bank faoliyatini baholashda muhim tahliliy vosita bo‘lib xizmat qildi hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni ta’minladi.

Shu bilan birga bank tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda fuqarolar, jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi. Tadbir davomida, bankning korrupsiyaga qarshi siyosati va ichki nazorat mexanizmlari taqdim etildi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ochiq javoblar qaytarildi. Ushbu tadbir bank faoliyatining shaffofligini namoyon etish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

Korrupsion xavflarning oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar to‘ldirilib, tahlil qilindi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qabul qilish jarayonida ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilib, har bir nomzodning kasbiy salohiyati hamda halollik mezonlari asosida xulosalar berildi.

Bank mijozlari uchun korrupsiyaga oid murojaatlarni yo‘llash imkonini beruvchi aloqa kanallari (ishonch telefoni, elektron pochta manzili, telegram_bot va rasmiy veb-sayt) mijozlarga ko‘rinadigan joylarga joylashtirildi. Bu esa har qanday noqonuniy holat haqida tezkor xabar berish imkonini yaratdi.

Toshkent shahrida bank tizimida amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashishda kompleks va tizimli yondashuv namunasidir. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini ta’minlash hamda ochiqlik tamoyillariga amal qilish orqali shaffof va ishonchli moliyaviy muhit shakllantirilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 Komlaens nazorat departamenti

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.