Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus seminar boshlandi
Bugun 2026-yil 16-iyun kuni Biznesni rivojlantirish bankining Sergeli bank xizmatlari markazi (BXM) binosida joylashgan zamonaviy o‘quv markazida bank tizimida ochiqlik, shaffoflik va komplayens-nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan maxsus o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.
Joriy yilning 16-19-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu seminar-trening ISO 37001:2025 – “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari — Foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablariga bag‘ishlangan.
To‘rt kun davom etadigan o‘quv kursining asosiy maqsadi — bank faoliyatida korrupsiyaviy xavf-hatarlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda xalqaro ilg‘or tajribalarni kundalik bank amaliyotiga samarali joriy etishdan iborat.
“ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish — bankimizning shaffoflik tamoyillariga va mijozlarimiz hamda hamkorlarimiz oldidagi yuksak mas’uliyatiga sodiqligini anglatadi. Ushbu o‘quv kursi nafaqat nazariy bilim beradi, balki amaliy keyslar orqali har bir xodimda korrupsiyaga qarshi murosasizlik ko‘nikmasini shakllantiradi”.
O‘quv dasturi davomida quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqiladi:
ISO 37001:2025 standartining yangilangan talablari va uning bank tizimidagi afzalliklari;
Bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-hatarlarni (risklarni) aniqlash va ularni baholash metodologiyasi;
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va uning oldini olish choralari;
Komplaens-nazorat (Compliance control) tizimining samaradorligini oshirish.
Bank kelgusida ham o‘z xodimlarining malakasini oshirish hamda tizimda halollik standartlarini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi tadbirlarni izchil davom ettiradi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Rahbar bilan bir kun: tajriba, muloqot va yangi g‘oyalar
Korporativ biznes menejerlari uchun treningi oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.