Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Korrupsiyaga murosasiz munosabat — barqaror va ishonchli bank tizimi asosi

09.02.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi. Bankda “Korrupsiyasiz bank” tamoyili asosida tizimli va izchil choralar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiya haqida xabar berish — bu xavf emas, balki jamiyat va tashkilot oldidagi fuqarolik mas’uliyatidir. Har bir xodim va mijozning faol pozitsiyasi korrupsiyaning oldini olish, sog‘lom ish muhitini shakllantirish hamda ishonchli bank tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Sen boshla — sening ortingdan boshqalar ham ergashadi” tamoyili bank jamoasi uchun muhim qadriyat hisoblanadi.

Korrupsiyaga oid holatlarga duch kelgan taqdirda, fuqarolar quyidagi ishonchli va maxfiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
— Call-markaz: 1253

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
— Telefon: (78) 150-59-95
— Rasmiy veb-sayt: brb.uz
— Telegram-bot: @BRB_Antikor_bot
— Facebook sahifa: facebook.com/brb.uz
— Elektron pochta: antikor@brb.uz

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB korrupsiyaga oid murojaatlarning maxfiyligi, xolis va adolatli ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi hamda har qanday noqonuniy holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘radi.

Bank jamoasi va jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi birgalikda murosasiz kurashishga chorlaydi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.