Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Konimex tadbirkorlari bilan manzilli muloqot tashkil etildi

13.03.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholini qiynayotgan masalalarni bevosita joyiga chiqib oʻrganish hamda murojaatlarga amaliy yechim topish maqsadida hududlarda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi ana shunday manzilli muloqot Konimex tumani Maʻnaviyat va maʻrifat markazida boʻlib oʻtdi. Unda bank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Shaxzod Yusupov, shuningdek, tegishli tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar va aholi vakillari tomonidan ilgari surilgan murojaat, taklif va tashabbuslar atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, moliyaviy koʻmak olish, mavjud loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, amaliyotda uchrayotgan tashkiliy masalalarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.Muloqot jarayonida ayrim masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularning bir qismi joyida hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish va alohida yondashuvni talab etadigan murojaatlar esa masʻullar ishtirokida nazoratga olinib, ular boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.

Bunday ochiq va manzilli uchrashuvlar hududlardagi tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, fuqarolar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kuchaytirish hamda muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan joylarda tashkil etilayotgan bunday muloqotlar tadbirkorlarning ishonchini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va yangi loyihalarni roʻyobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.