“Kitoblar karvoni” Navoiyga yetib bordi
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, bank jamoasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Kitob karvoni” loyihasi bu gal Navoiy viloyatining chekka hududlariga ma’rifat nuri bo‘lib kirib bordi.
“Biz o‘qigan kitoblar — yangi avlod qo‘lida” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu loyihada an’anaga muvofiq, bank xodimlari o‘zlari mutolaa qilib, ma’naviy xazinasini boyitgan eng sara adabiyotlarni yosh avlodga tortiq etishdi.
Ezgu tashabbusning bu galgi manzili Navoiy viloyati Konimex tumani Ma'naviyat markazi va Navoiy shahridagi "Hayot" mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Loyiha doirasida mahalla kutubxonasi va Ma'naviyat markaziga yoshlarning dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qiladigan 200 dan ortiq durdona badiiy asarlar va zamonaviy ilmiy-ommabop adabiyotlar to‘plami topshirildi.
Kitoblar taqdimoti jarayonida bank Boshqaruvi a’zosi Durbek Hakimov hamda mahallaning faol va yosh kitobxonlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuvda bugungi shiddatli davrda shaxsiy rivojlanish, bilim olish va katta muvaffaqiyatlarga erishishda kitob mutolaasining o‘rni hamda ahamiyati haqida so‘z bordi.
“Biz yoshlarimizning nafaqat zamonaviy texnologiyalarni puxta egallashini, balki ma’naviy jihatdan ham yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishini istaymiz. Ushbu taqdim etilgan kitoblar yosh avlodning kelajakda yurtimiz koriga yaraydigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi, deb ishonamiz”, — deya ta’kidladi D.Hakimov.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan tashkil etilgan “Kitob karvoni” loyihasi respublikamiz bo‘ylab safarini davom ettiradi va yoshlar qalbida ilmga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishga hissa qo‘shishda davom etadi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Volontyorlik madaniyati targʻibotiga bagʻishlangan uchrashuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.