Kiberxavfsizlikda yangi marralar!
Biznesni rivojlantirish banki axborot va kiberxavfsizlik yoʻnalishida yana bir muhim natijani qayd etdi.
"Kiberxavfsizlik markazi" DM tomonidan 2026-yil I yarim yilligi yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan reyting baholashida:
banklar orasida — 1-oʻrin;
umumiy reytingda esa — 2-oʻrin.
Eng eʼtiborlisi, bank umumiy reytingdagi oʻtgan yilgi natijasini 5 pogʻonaga yaxshilab, 7-oʻrindan 2-oʻringa koʻtarildi.
Ushbu yutuq — "Biznesni rivojlantirish banki" ATBda axborot va kiberxavfsizlikni mustahkamlash, zamonaviy himoya tizimlarini joriy etish hamda mijozlar maʼlumotlari ishonchliligini taʼminlash borasida olib borilayotgan izchil ishlarning yana bir amaliy tasdigʻidir.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.