Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha onlayn chat bo‘lib o‘tdi
2026-yil 5-fevral kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mutaxassislari ishtirokida jismoniy shaxslarga kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lash tartibiga bag‘ishlangan onlayn chat tashkil etildi.
Mazkur onlayn chat “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati hamda Chakana xizmatlar departamenti hamkorligida o‘tkazildi va BRB Info Telegram kanali orqali jonli tarzda olib borildi.
Onlayn muloqot davomida bank mutaxassislari tomonidan kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish tartibi, to‘lov muddatlari, zarur hujjatlar hamda amaliy jarayonlarga oid masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan bevosita javoblar taqdim etildi.
Tadbir bank mijozlari va keng jamoatchilikning omonatlarni kafolatlash tizimi bo‘yicha xabardorligini oshirish, shaffoflikni ta’minlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham aholiga moliyaviy masalalarda qulay va ochiq axborot taqdim etishga qaratilgan bunday onlayn muloqotlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Diqqat, Onlayn chat!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.