Kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlash dastlabki kunda qariyb 70 foizga yetdi
Avval xabar berilganidek, 2026-yil 29-yanvardan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yangi bank” AJ omonatchilariga kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boshlandi.
Jami kafolatlangan omonatlar boʻyicha 31 507 nafar omonatchiga 208 mlrd soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi rejalashtirilgan.
Kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari boshlanganining birinchi kunida, ya'ni 2026-yil 29-yanvar kuni jami 1 912 nafar omonatchiga 141 mlrd 232 mln so‘m mablagʻi toʻlab berildi. Bu jami to‘lab berilishi lozim bo‘lgan summaning 67,8 foizini tashkil etadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.