Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Rahbar faoliyati

Joylarda tadbirkorlar bilan muloqotlar davom etmoqda

05.11.2025
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB  Boshqaruvi rahbariyati tomonidan joylarda aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida bank  Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Shuningdek, Andijon viloyatining Izboskan tumanida bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Sharipov   tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

Tadbirlarda bank rahbariyati tomonidan Prezident qarorlarida kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan mijozlarga taklif etilayotgan yangi moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar  sifati hamda ularni yanada ommalashtirishga qaratilgan ishlar tushuntirildi.

Sayyor qabullar davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha hududiy boshqarma va bank xizmatlari markazlari rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mas’ullarga ishtirokchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, aholi o‘rtasida kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur mazmun-mohiyatini keng tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda bank tuzilmalarida xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Bank axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.