Jondorda tadbirkorlik va aholi bilan amaliy muloqotlar oʻtkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhlarning hududlarda tadbirkorlar va fuqarolar bilan bevosita muloqotlari izchil davom etmoqda.
Shu kabi tadbirlar doirasida Buxoro viloyatining Jondor tumanida Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari O.Vohidov boshchiligida muhim uchrashuvlar tashkil etildi.
Jumladan, tumandagi hokim yordamchilari hamda “mahalla bankirlari” bilan oʻtkazilgan amaliy muloqotda joylardagi real iqtisodiy vaziyat, aholi va tadbirkorlar duch kelayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tumanni iqtisodiy rivojlantirish, bandlikni taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bildirilgan barcha takliflar umumlashtirilib, tizimli hal etish uchun Respublika shtabiga yuborildi.
Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari “Oxshix” mahallasida joylashgan “Oxshix” sanoat zonasida boʻlib, mahalliy tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar. Uchrashuvda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, doimiy daromad manbalarini yaratish hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Muhokamalar natijasida yangi istiqbolli loyihalar shakllantirilib, ularni moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlari ajratish masalasi joyida ijobiy hal etildi.
Barcha yangiliklar
BRB hududlarda “Mini texnologiyalar yarmarkalari” oʻtkazdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.