Izboskanda yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Boboxon Bobojonov Andijon viloyatining Izboskan tumanida boʻlib, yirik investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Tashrif davomida loyihalar orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi bandligini taʼminlash va eksport salohiyatini kengaytirish masalalari atroflicha oʻrganildi.
Xususan, “Donoxon agro zamin” MCHJning 4 gektar maydonda umumiy qiymati 4 mlrd soʻmlik zamonaviy issiqxona tashkil etish loyihasi bo‘yicha kredit garov taʼminoti masalasi oʻrganildi. Mazkur loyiha natijasida mahsulotlarni 1-1,5 oy avval mahalliy va tashqi bozorga chiqarish orqali yuqori daromadga erishiladi. 50 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Ana shunday yana bir istiqbolli loyiha “Masis Orme” MCHJning 23 mln AQSH dollari miqdoridagi loyihasidir. Bunda trikotaj va mato boʻyash sexlari kengaytiriladi. Natijada kunlik mato boʻyash quvvati 15 tonnadan 35 tonnaga yetkazilib, 500 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
“Zaytun” MCHJda esa Qozogʻistonga eksport qilinayotgan toʻqima mebel ishlab chiqarishni sanoat zonasidagi 2 gektar maydonga koʻchirish orqali quvvat 3 barobarga oshiriladi va 500 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Bank tomonidan mazkur loyihalarni jadal amalga oshirish va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur choralar belgilandi.
Barcha yangiliklar
Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.