Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Issiqlik energiyasisiz ishlovchi issiqxonalar tashkil etildi

21.07.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirtish banki” hamda “Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Yangiyoʻl – Agro Star” tomonidan 13 gektar maydonda sabzavotchilikka ixtisoslashgan zamonaviy tajriba maydoni tashkil etildi.

Yangiyoʻl tumanining “Bunyodkor” mahallasida ishga tushirilgan mazkur loyiha doirasida pomidor, koʻkatlar va bulgʻor qalampiri yetishtirishda jahon tajribasi asosida eng ilgʻor texnologiyalar joriy qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda Hududiy Agrostarlar rahbarlari mazkur innovatsion loyiha bilan tanishish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida issiqxonaga tashrif buyurdi.

Maydonning 4 gektar qismida Xitoy texnologiyasi asosida avtomatlashtirilgan, energiya tejamkor innovatsion issiqxonalar kompleksi barpo etildi.

Kompleks har biri 4–10 sotixdan iborat 25 ta issiqxona hamda 50 sotix maydonda mahsulot yetishtirishning 10 xil yangi usulini qamrab oladi.

Loyihada anʼanaviy yoqilgʻi manbalari oʻrniga geotermal issiqlik nasoslari texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yer qaʼridan olinadigan +14 daraja haroratli suv va maxsus issiqlik saqlovchi qoplamalar yordamida issiqxonalar qish faslida isitiladi, yoz mavsumida esa sovitiladi. Tizimning energiya sarfi quyosh panellari orqali qoplanadi.

Mazkur texnologiya Xitoyning Shandun provinsiyasida keng joriy qilingan boʻlib, bir million gektardan ortiq maydonda qoʻllanilmoqda. Ushbu usul yil davomida toʻrt martagacha ekin ekish va anʼanaviy usullarga nisbatan 5-6 barobar koʻproq hosil olish imkonini beradi.

Loyihaning 9 gektar ochiq maydonida Italiyaning Ferrari kompaniyasi koʻchat ekish texnikalari yordamida Germaniya, Serbiya, Isroil, Xitoy va Italiyadan keltirilgan pomidorning 14 xil yangi navlari ekilgan. Ular qatorida Rio Grand, Max Rio, Galeleo, Lenok, Montana va Rocer kabi yuqori hosildor navlar mavjud.

Hududda sabzavot mahsulotlarini zamonaviy usulda saralash, saqlash va qadoqlash quvvatlarini, shuningdek ekish, parvarishlash va hosil yigʻib olish jarayonlari uchun maxsus texnikalarni oʻz ichiga olgan agromajmua tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyihani kengaytirish doirasida Toshkent viloyatida kamida 5 ming gektar maydonda energiya tejamkor issiqxonalar tashkil etish koʻzda tutilmoqda.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.