Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 soʻm;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 soʻm.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
➖ 3 yoshgacha boʻlgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 soʻm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 soʻm;
➖ oilaning 2-farzandi uchun qoʻshimcha – 177 000 soʻm;
➖ oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha – 118 000 soʻm;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 soʻm etib belgilandi.
2026-yil 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 soʻm etib belgilandi.
2026-yil 1-sentabrdan:
▪️ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 soʻm;
▪️ bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 soʻm etib belgilandi.
Eslatma! amalda:
▫️MHTEKM – oyiga 1 271 000 soʻm;
▫️BHM – 412 000 soʻm.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.