Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Rahbar faoliyati

Ilmiy izlanish – muvaffaqiyat omili

14.05.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi motivatsion uchrashuv tashkil etildi. “Ilmiy izlanish va muvaffaqiyat tajribasi” mavzusida kechgan ushbu tadbir yosh xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish va ularni professional rivojlanishga yoʻnaltirishga xizmat qildi.

Tadbirda Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari, yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)  B.Bobojonov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. B.Bobojonov oʻzining ilmiy faoliyati, tadqiqot ishi ustida olib borgan izlanishlari va ushbu jarayonda toʻplagan tajribalari haqida batafsil soʻzlab berdi.

Taʼkidlanganidek, ilmiy izlanish nafaqat akademik daraja olish, balki tahliliy fikrlash, muammolarga tizimli yondashish va innovatsion yechimlar topish koʻnikmasini shakllantiradi. Rahbar oʻz nutqida bank sohasidagi zamonaviy oʻzgarishlar bevosita ilm-fan yutuqlari bilan bogʻliq ekanini qayd etdi.

Ilm bilan shugʻullanish insonga voqelikka kengroq nazar tashlash imkonini beradi. Har bir yosh xodim oʻz sohasining nazariy asoslarini mukammal bilishi va amaliyotni ilmiy yondashuv bilan boyitishi kerak. Bu nafaqat shaxsiy karyera, balki bankning raqobatbardoshligini taʼminlashda ham muhim omildir.

Uchrashuv davomida yoshlarga ilmiy ish bilan shugʻullanish, mavzu tanlash va manbalar bilan ishlash boʻyicha foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan ilmga intiluvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi doimiy eʼtiborda ekani bildirildi.

Tadbir yakunida yosh xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar bank yoshlarida ilm-fanga boʻlgan qiziqishni uygʻotish va yangi muvaffaqiyatlar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.