Ilg‘or ta’lim muassasasini jalb etish to‘g‘risida tanlov
“Bankdagi transformatsiya jarayonini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun strategik sessiya va rivojlantirish dasturi” doirasida ilg‘or xorijiy yoki mahalliy ta’lim muassasani (malakali ekspert va konsultantlarni) jalb etish orqali xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish” predmeti bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlov (tanlash) o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon qiladi.
Tanlov 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306 sonli qaror hamda bankning ichki tartibiga muvofiq shaklda o‘tkaziladi.
Xaridning boshlang‘ich narxi barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar bilan birga 5 900 000 000 (besh milliard to‘qqiz yuz million) so‘m.
Tanlovni o‘tkazish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A.
Tanlov tashkilotchisi (Buyurtmachi): “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A.
Aloqa uchun shaxslar: bo‘lim boshlig‘i Sh. Botirov, tel.: 78-1509339. Ichki raqam 363.
6. Tanlov ishtirokchisiga bo‘lgan talablar: Xarid hujjatiga muvofiq bo‘lgan har qanday tashkilot ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
7. Tanlov o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot xarid hujjatida keltirilgan.
Xarid hujjatlarini Buyurtmachining saytidan (Xarid hujjati / Texnik topshiriq / Proforma shartnoma) yuklab olish mumkin.
9. Xarid hujjati qoidalari bo‘yicha so‘rov shakli – rasmiy xat orqali.
10. Takliflar 2024-yil 14-dekabr Toshkent vaqti bilan 18-00 gacha qabul qilinadi.
11. Takliflar rasmiylashtirilishi bo‘yicha talablar: takliflar yopiq konvertlarda yelimlangan joylarida ishtirokchining muhri bilan taqdim etiladi. Takliflarni rasmiylashtirilishi bo‘yicha batafsil talablar xarid hujjatida bayon etilgan.
BRB Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.