Hududlarda tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilmoqda
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tizimli ravishda tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax viloyatida boʻlib oʻtdi. Unda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Oybek Voxidov ishtirok etdi.
Jizzax shahridagi “Madaniyat” MFYda tashkil etilgan sayyor qabul davomida tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda aholi vakillarining murojaatlari tinglandi. Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mavjud biznesni kengaytirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish, shuningdek, amaliy faoliyatda uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Sayyor qabul davomida har bir murojaat atroflicha koʻrib chiqilib, ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Bunday sayyor qabullarning asosiy maqsadi — tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topish, hududlarda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda yangi loyihalarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan bunday uchrashuvlar tadbirkorlik subyektlarining bank bilan hamkorligini mustahkamlash, ularning moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda hududlar iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.