Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Hududlarda tadbirkorlar bilan muloqotlar davom etmoqda

27.05.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan joylarda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va moliya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda “Biznesni Rivojlantirish Banki” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari O.Voxidov hududiy tadbirkorlar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul o‘tkazdi.

Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi vakillari, mahalladagi hokim yordamchilari (mahalla bankirlari), mahalla agentlari hamda faol faoliyat yuritayotgan va o‘z biznesini boshlash arafasida turgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor quyidagi muhim masalalarga qaratildi:

  • Moliyaviy ko‘mak va kreditlash: Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi;

  • Yangi ish o‘rinlari: Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash borasida "mahalla bankirlari" va agentlarining loyihalari;

  • Infratuzilma va eksport: Biznes subyektlarining faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish.

Muloqot davomida fuqarolar va tadbirkorlardan kelib tushgan har bir murojaat hamda takliflar atroflicha tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan muammolar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi va bankning mas’ul xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.