Hududiy tarmoqlar xodimlari uchun muhim seminar start oldi!
Bugun, 2026-yil 13-iyul kuni bankimiz O‘quv markazida hududiy tarmoqlar (BXO va BXM)ning sotuv bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosarlari hamda mijoz menejerlari uchun “Bank tarmoqlarida jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari ajratishni tashkil etish” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda.
Maqsad — hududlarda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonini yanada tezkor hamda shaffof qilish hamda yuqori samaradorlikka erishish!
O‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar:
- Yangi va amaldagi mahsulotlar: Ipoteka mahsulotlari va ularning shartlari;
- Kreditlash jarayonlari: Hujjatlarni rasmiylashtirish va kredit ajratish jarayonlari;
- Kamchiliklar tahlili: Ipoteka buyurtmalarini ko‘rib chiqish davomida aniqlanayotgan ko‘p takrorlanuvchi xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari;
- Skoring tizimi: Kredit ajratishda joriy etilgan zamonaviy skoring tizimining o‘ziga xos jihatlari va undan to‘g‘ri foydalanish.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.