Har bir mijoz ishonchi ustuvor qadriyat
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Aloqa markazi bankning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarini ta’minlaydigan asosiy xizmat bo‘g‘ini hisoblanadi. Markaz mijozlarga kunu-tun (24/7) axborot berish, murojaatlarni qabul qilish va masalalarni tezkor hal etish vazifalarini amalga oshiradi.
Bank xizmatlari sifatini oshirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish va mijozlarning qoniqish darajasini oshirish doirasida 2025-yilda bankda raqamli xizmatlarni modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalar CRM tizimini joriy etish bankning ustuvor strategik yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Shundan kelib chiqib markaz jamoasi bor bilim va salohiyatini safarbar etgan holda mijozlar uzog‘ini yaqin qilib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalarni ijobiy oson qilishda yaqindan yordam berib kelmoqda.
Biroq, ichki axborot tizimlarini yangilash hamda mijozlar faolligining oshishi natijasida 2025-yil noyabr oyida Aloqa markaziga kelib tushayotgan murojaatlar soni vaqtincha ko‘paygan va bu ayrim paytlarda xizmat ko‘rsatish tezligiga ta’sir ko‘rsatgan.
Yuzaga kelgan yuklamani bartaraf etish va xizmat sifatini barqaror oshirish maqsadida Aloqa markazida, qo‘ng‘iroqlarni avtomatik taqsimlash, mijoz murojaatlarini tahlil qilish, operator samaradorligini baholash hamda sifat nazoratini avtomatlashtirish tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha rejalar belgilangan.
Natijada 2025-yil dekabr oyida qayta aloqa jarayonlari barqarorlashib, qo‘ng‘iroqlarga javob berish tezligi, birinchi murojaatda muammoni hal etish ko‘rsatkichi hamda mijozlar qoniqishi darajasida barqaror ijobiy o‘sish qayd etildi. Bu ko‘rsatkichlar zamonaviy CRM tizimiga asoslangan yechimlar to‘g‘ri tanlangan strategik qaror ekanini tasdiqlaydi.
2026-yilda Aloqa markazi faoliyatiga sun’iy intellekt asosida ishlovchi platformalarini keng joriy etish, prognozlash, intellektual analitika, ovozli, chat botlar va avtomatlashtirilgan qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ishga tushirish orqali xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirgan.
“Biznesni rivojlantirish banki” har bir mijoz ishonchi va qoniqishini ustuvor qadriyat sifatida belgilab, sun’iy intellekt orqali raqamli bank xizmatlarini tizimli ravishda rivojlantirishda izchil harakatni davom ettiradi.
Bank Aloqa markazi
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.