Germaniya davlat banki bilan hamkorlikda o‘quv-seminar o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Germaniyaning KFW davlat banki o‘rtasidagi hamkorlik doirasida “Business & Finance Consulting” (BFC) kompaniyasi ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘quv markazida bo‘lib o‘tdi hamda bank tizimida kichik biznes subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi menejerlar ishtirok etdi.
Ikki kun davom etgan seminar-trening “Biznesning moliyaviy tahlili asoslari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda ishtirokchilarning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida moliyaviy tahlilning asosiy tushunchalari, biznes loyihalarni baholash, moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan ishlash hamda real amaliy keyslar asosida tahlil o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Seminar bank xodimlarining professional salohiyatini oshirish, kichik biznes subyektlariga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda xalqaro tajribani amaliyotga joriy etishga xizmat qildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida ham xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tizimli ravishda davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.