Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
Hurmatli mijozlar!
Ayrim firibgarlar tomonidan telegram messenjerida "Biznesni rivojlantirish banki"ning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ochilgan telegram boti nomi bilan bir xil nomda soxta akkaunt yaratilgan.
|
|
E'tibor bering, telegram messenjerida bot va akkaunt fuksional jihatdan bir-biridan farq qiladi.
❌Bunday soxta akkuntlardan kelgan xabarlarga aslo javob bermang❗️
Ehtiyot bo‘ling, bank xodimlari hech qachon messenjerlar orqali PIN-kodlar, parollar, karta CVV-kodlari va SMS tasdiqlash kodlarini so‘ramaydi. Shubhali havolalarga kirmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermang.
Xushyor bo‘ling va firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
Biznesni rivojlantirish bankining rasmiy Telegram-boti — @BRB_Official_Bot (https://t.me/BRB_Official_Bot).
Komlaens nazorat departamenti
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

