Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashg‘ulot oʻtkazildi
2026-yil 15-oktabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Yunusobod tumanida joylashgan binosida xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yongʻin sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy oʻquv mashqi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son va 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarorlari hamda Fuqaro muhofazasi boshligʻining tegishli buyrugʻi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida bank Boshqaruvi raisining 2026-yil 13-oktabrdagi 439-sonli buyrug‘i asosida bank xodimlarini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Oʻquv mashqi davomida Toshkent shahar FVBB Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va kommunal xizmat tashkilotlari mutaxassislari hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish brigadalari jalb qilindi.
Mashgʻulotlar soat 16:00 da “Yongʻin signalizatsiyasi” tovushli signali berilishi bilan boshlandi va binodagi xodimlar belgilangan xavfsiz hududga (bino oldidagi avtomobillar turargohiga) evakuatsiya qilindi.
Amaliy oʻquv mashqi davomida quyidagi muhim vazifalar sinovdan oʻtkazildi va mustahkamlandi:
•Favqulodda vaziyat sodir boʻlganda bank xodimlarining toʻgʻri va tartibli harakatlanish koʻnikmalari;
•Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga zudlik bilan xabar berish tartibi;
•Birinchi manbali yongʻin oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanish va koʻngilli yongʻin oʻchirish guruhi aʼzolarining vazifalari;
•Xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullari.
Mashq yakunida mutaxassislar tomonidan texnika xavfsizligi va yongʻinga qarshi kurashish boʻyicha zarur tavsiyalar berilib, xodimlarning favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasi yuqori baholandi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.