Farg‘onada yosh xodimlar bilan uchrashuv
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Farg‘ona hududiy boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh ayol xodimlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda Bankning Strategiya bosh direktori Baxtiyor Rahmatov tizimda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faolligini oshirish hamda muammolarini tizimli hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Xotin-qizlar kengashi raisi Muhabbat O‘ralova Bankda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan maxsus loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvning asosiy qismi ayol xodimlarning ish jarayonida duch kelayotgan muammolari, taklif va mulohazalarini o‘rganishga qaratildi. Xodimlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, ish sharoitlarini yanada yaxshilash va yangi bank mahsulotlarini joriy etish bo‘yicha fikrlarini bildirishdi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar rahbariyat tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.