Eskrou orqali xavfsiz bitimlar — endi aholiga yanada yaqinroq
Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Sergili moshin bozori” hududida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Sergili Bank xizmatlari markaziga qarashli chakana amaliyotlar kassasi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur kassa orqali endilikda fuqarolar transport vositalari oldi-sotdisi jarayonida eskrou hisobvarag‘ini tez, qulay va ishonchli tarzda ochish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’kidlash joizki, ushbu xizmat nuqtasi dam olish kunlari ham faoliyat yuritadi, bu esa aholiga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
2026-yil 1-apreldan kuchga kirgan yangi tartibga muvofiq, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdi bitimlarida hisob-kitoblar xavfsiz eskrou tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mazkur tizim quyidagi afzalliklarni ta’minlaydi:
✔️ mablag‘lar xavfsizligini kafolatlaydi;
✔️ bitimlar shaffofligini oshiradi;
✔️ xaridor va sotuvchi manfaatlarini ishonchli himoya qiladi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan joriy etilayotgan ushbu qulayliklar aholiga sifatli va xavfsiz moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Barcha yangiliklar
Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.