“ESET PROTECT Advanced litsenziyasi” muddatini uzaytirish bo‘yicha
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan bank ehtiyojlari uchun antivirus dasturiy ta’minoti “ESET PROTECT Advanced litsenziyasi” muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq “ESET PROTECT Advanced litsenziyasi”ni uzaytirish bo֥‘yicha antivirus dasturiy ta’minotini potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan qurilmalarni yetkazib beruvchilardan hamkorlikka oid tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlari koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifi xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 14-may soat 18-00.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.