“BRB Yosh iqtidorlari” klubi 2-mavsumi doirasida trening o‘tkazildi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumi doirasidagi faoliyat izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbus bank tizimida samarali faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, ularning kasbiy rivoji uchun qulay muhit yaratish hamda taklif va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Klub faoliyati doirasida yoshlar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning ijtimoiy faolligi, bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Bank o‘quv markazida klub ishtirokchilari uchun “Loyihani tahlil qilish va rejalashtirish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar real loyihalar misolida loyihalarni tahlil qilish, samarali rejalashtirish hamda strategik fikrlash bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Mazkur trening yosh xodimlarning professional salohiyatini oshirish, bank tizimidagi innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va jamoaviy ishlash madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Har bir mijoz ishonchi ustuvor qadriyat
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.