Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB — yashil kelajak va barqaror tadbirkorlik hamkori!

20.10.2026
•
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda ekologik toza energetika loyihalarini tizimli moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi samarali hamkorlikning navbatdagi ifodasi sifatida Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan “Vodiy gidro energiya” korxonasi faoliyatini kengaytirish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Loyihaning umumiy qiymatini moliyalashtirish va zamonaviy texnologik infratuzilmani yaratish uchun “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 1 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi. Ajratilgan moliyaviy resurslar evaziga sohaning eng soʻnggi standartlariga javob beradigan zarur uskuna va jihozlar xarid qilinib, foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida korxonaning agregat umumiy quvvati 3,2 megavattga yetkazildi. Korxona tomonidan yiliga 10,8 mln kilovatt-soat muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga, loyiha doirasida 15 ta yangi ish oʻrni yaratilib, hududdagi aholi bandligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshildi.

Muqobil energiya loyihalarini moliyalashtirish “Biznesni rivojlantirish banki” ATB uchun muhim va strategik yoʻnalishlardan biri boʻlib, bank kelgusida ham ekologik barqarorlik va hududlar iqtisodiyotini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashni izchil davom ettiradi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.