BRB xalqaro reytingda xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha e’tirof etildi
Biznesni rivojlantirish banki Global Customer Choice Index 2026 reytingida “Jamoaning yuqori standartlarda xizmat ko‘rsatishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Mazkur e’tirof InteriseGroup tomonidan o‘tkazilgan mustaqil “sirli xaridor” tadqiqoti natijalariga ko‘ra berilgan.
Tadqiqotda bank xodimlarining mijozlar bilan ishlash sifati, professional yondashuvi va xizmat ko‘rsatish madaniyati yuqori baholangan.
BRB ma’lumotiga ko‘ra, mijozlar murojaatlari bilan ishlash, xizmat jarayonlarini takomillashtirish hamda xizmat sifatini oshirish bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bank mijozlarga qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni davom ettirishini ma’lum qildi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.