Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB xalqaro anjumanda faol ishtirok etmoqda

17.06.2026
2 min

Joriy yilning 16–19-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida oʻtkazilayotgan Islom taraqqiyot bankining yillik anjumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbir doirasida Bankning alohida koʻrgazma stendi tashkil etilgan boʻlib, unda bank faoliyati, strategik rivojlanish yoʻnalishlari, xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari, tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar hamda islomiy moliyalashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslar xalqaro jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Shuningdek, anjuman doirasida xorijiy moliya institutlari va investorlarga bankning moliyaviy salohiyati, xalqaro kredit liniyalari va investitsiyaviy loyihalari namoyish qilinib, istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, yangi sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda mavjud hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilmoqda.

Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha xorijiy moliyaviy resurslarni jalb etish, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish va mazkur sohadagi ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur xalqaro platforma “Biznesni rivojlantirish banki” ATB uchun xorijiy investorlar va moliyaviy hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish, shuningdek, milliy iqtisodiyotga xalqaro investitsiyalarni jalb qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.