BRB “WELCOME MOMENT” aksiyasini e’lon qiladi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “WELCOME” (Moment) aksiyasini e’lon qiladi.
Aksiya davomida BRB Welcome (Moment) kartasi orqali to‘lovlarni amalga oshirgan mijozlar qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Har oy quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
1 dona iPhone Air;
1 dona Smart Watch;
1 dona televizor.
Aksiya yakunida esa eng faol ishtirokchilar orasida ikki kishilik xorijiy sayohat yo‘llanmasi – Super sovrin o‘ynaladi.
Aksiyada ishtirok etish uchun:
18 yoshga to‘lgan BRB Welcome (Moment) kartasi egasi bo‘lish;
aksiya davrida karta orqali kamida 100 000 so‘m miqdorida debet aylanmasi yoki to‘lovlarni amalga oshirish;
Bank tomonidan belgilangan mezonlarga javob berish talab etiladi.
Mazkur shartlarga javob bergan mijozlar aksiya ishtirokchisiga avtomatik ravishda qo‘shiladi.
Aksiya 2026-yil 1-avgustdan 31-oktabrgacha davom etadi. G‘oliblar har bir oylik bosqich yakunida tasodifiy sonlar generatori yordamida onlayn tarzda aniqlanadi hamda natijalar brb.uz veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
Sovrinlar pul ekvivalentiga yoki boshqa sovrinlarga almashtirilmaydi. Sovrinni olish uchun g‘olib pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi hamda JSHSHIR ma’lumotlarini taqdim etishi lozim.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.