Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB va GGGI: Barqaror moliya sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

10.07.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mutaxassislari moliya sektorida ekologik va barqaror xizmatlarni rivojlantirish maqsadida Global yashil o‘sish instituti (GGGI) tomonidan tashkil etilgan bir qator o‘quv dasturlari va tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

Xususan, bank xodimlari O‘zbekiston tijorat banklari uchun yashil iqtisodiyot hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishga bag‘ishlangan treninglarda, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilgan “EcoExpo 2026” xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi maxsus sessiyalarda ishtirok etdilar.

Ushbu ta’lim tadbirlari va xalqaro tajriba almashish jarayonida GGGI tomonidan tayyorlangan tahliliy hisobotlar hamda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda iqlimiy moliyalashtirishdagi bo‘shliqlarni baholash va to‘ldirishga qaratilgan mintaqaviy loyiha muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur loyiha doirasida taqdim etilgan tadqiqotlar va hisobotlar mahalliy moliya muassasalariga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish loyihalarini moliyalashtirishdagi mavjud ehtiyojlarni va strategik qadamlarni to‘g‘ri baholashga yordam bermoqda.

O‘zaro hamkorlikning amaliy va eng muhim natijalaridan biri sifatida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kelgusida xalqaro obligatsiyalar chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida GGGI texnik ko‘magida o‘zining Barqaror moliyalashtirish konsepsiyasining yangilangan versiyasini ishlab chiqdi. Tayyorlangan ushbu hujjat xalqaro “Sustainable Fitch” reyting agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi va unga ko‘ra bankka eng yuqori reyting berildi.

Ma’lumot o‘rnida, bosh qarorgohi Seul shahrida joylashgan Global yashil o‘sish instituti 2012-yilda BMT sammitida ta’sis etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlarda ekologik barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi. Osiyo mintaqasida u hukumatlar bilan iqlim o‘zgarishiga moslashish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha ish olib borsa, O‘zbekistonda Orolbo‘yi hududini ekologik tiklash, iqlimga mos qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va milliy moliya idoralarining salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.


Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.