Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB transformatsiya bo‘yicha Markaziy Osiyoda tengsiz

15.09.2026
5 min

Biznesni rivojlantirish banki Euromoney Awards for Excellence 2026 mukofotining “Central Asia’s Best Bank Transformation” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

2026-yil 10-sentabr kuni Singapur shahrida xalqaro moliya hamjamiyatining yirik vakillari ishtirokida Euromoney Awards for Excellence 2026 mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir dunyoning turli mamlakatlaridan bank va moliya sektori rahbarlarini bir maydonga jamlab, moliyaviy natijalar, innovatsiyalar, yetakchilik va transformatsiya borasida yuqori natijalarga erishgan institutlarni e’tirof etdi.

Marosimda O‘zbekistonning Biznesni rivojlantirish banki xalqaro miqyosdagi muhim e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bank “Central Asia’s Best Bank Transformation 2026” — “Markaziy Osiyoning bank transformatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi banki” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Euromoney materiallarida bankning so‘nggi yillardagi transformatsiyasi mintaqadagi eng jadal va keng qamrovli o‘zgarishlardan biri sifatida qayd etilgan.

Uch yil ichidagi keng ko‘lamli transformatsiya

Mazkur mukofot BRBning bank sifatidagi oddiy o‘sish ko‘rsatkichlarini emas, balki uning biznes modelini, operatsion jarayonlarini va mijozlarga xizmat ko‘rsatish yondashuvlarini kompleks ravishda yangilash yo‘lidagi natijalarini xalqaro darajada tan olinganini anglatadi.

So‘nggi yillarda bank o‘z faoliyatini zamonaviy, raqobatbardosh va mijozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy institut sifatida rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonini amalga oshirmoqda.

Bu jarayon, avvalo, bankning kichik va o‘rta biznes segmentidagi rolini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv yondashuvlarini joriy etishga qaratilgan.

BRB uchun transformatsiya — bu faqat raqamlashtirish yoki alohida bank mahsulotlarini yangilash emas. U bankning biznes modeli, korporativ boshqaruvi, risklarni boshqarish, mijozlar bilan ishlash va ichki jarayonlarini bir butun tizim sifatida takomillashtirishni nazarda tutadi.

Xalqaro e’tirof — yangi bosqich boshlanishi

Euromoney Awards for Excellence bank va moliya sektoridagi nufuzli xalqaro mukofot dasturlaridan biri bo‘lib, uning mukofotlari banklarning turli yo‘nalishlardagi faoliyati va erishgan natijalarini baholashga qaratilgan. Euromoney ushbu mukofotlar orqali global, mintaqaviy va mamlakatlar kesimidagi banklarning ilg‘or tajribalarini e’tirof etib keladi.

Bankning “Central Asia’s Best Bank Transformation 2026” nominatsiyasidagi g‘alabasi O‘zbekiston bank sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlarining xalqaro moliya hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganini ham ko‘rsatadi.

Ayniqsa, Markaziy Osiyo miqyosidagi nominatsiyada g‘oliblik bankning transformatsiya bo‘yicha tajribasi nafaqat milliy, balki mintaqaviy kontekstda ham raqobatbardosh ekanini ko‘rsatadigan muhim ko‘rsatkichdir.

Tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bank

BDBning transformatsiyasi bankning O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi rolini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq.

Bankning strategik yondashuvi tadbirkorlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda, ularning zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanishini soddalashtirish va biznesni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy ekotizimni shakllantirishga qaratilgan.

Shu nuqtai nazardan, Euromoney mukofoti BDB jamoasining so‘nggi yillardagi sa’y-harakatlari uchun berilgan xalqaro baho sifatida ham alohida ahamiyatga ega.

Markaziy Osiyoning bank transformatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi banki nomi Biznesni riovjlantirish banki uchun yakuniy nuqta emas. Aksincha, bu natija bankning kelgusi bosqichdagi transformatsiyasi, innovatsiyalarni rivojlantirish va O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari uchun yanada samarali moliyaviy xizmatlarni yaratish yo‘lidagi yangi marrani belgilaydi.

Batafsil: Euromoney mukofoti haqida maqola

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.