Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB-TECH kompaniyasi “PLUS-Forum Digital Uzbekistan 2026” xalqaro forumida o‘z stendi bilan ishtirok etdi

20.05.2026
3 min

2026-yil 19–20-may kunlari Toshkent shahrida bank, fintech, AI va davlat sektorining raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan “PLUS-Forum Digital Uzbekistan 2026” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning texnologik hamkori va raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi kompaniyasi — BRB-TECH o‘zining alohida stendi bilan ishtirok etdi hamda forumning Bronze Partner’laridan biri sifatida qatnashdi.

Forum davomida BRB-TECH tomonidan ishlab chiqilgan fintech, AI va enterprise yo‘nalishidagi zamonaviy raqamli mahsulotlar va platformalar namoyish etildi. Jumladan:

-  "Biznes 24/7" raqamli masofaviy bank platformasi
-  "Kredit monitoring tizimi"
-  "Mening Tomorqam" agroplatformasi va "Yerim" agro-boti
 - HRM va E-Muhr tizimlari
-  "BRB-TECH Academy" Sun'iy intellekt va IT ta’lim platformasi
 - AI yordamchi (avatar)
-  RPA (robotizatsiya) loyihalari

Shuningdek, forum doirasida kompaniya hamkorlari bilan birgalikda robotizatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalariga oid yangi loyihalar ham taqdim etildi. Tashrif buyuruvchilarga kompaniya haqida ma’lumot beruvchi AI-avatar texnologiyasi namoyish qilinib, forum mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida BRB-TECH jamoasi xalqaro kompaniyalar, banklar, fintech tashkilotlari va texnologik hamkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

BRB-TECH bugungi kunda bank va davlat sektori uchun innovatsion raqamli yechimlarni ishlab chiqish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.